O'zbekiston

Toshkentda issiq suv narxi oshiriladi

Deputatlar qarorni maʼqulladi.

Toshkentda issiq suv narxi oshiriladi

Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi tomonidan ko‘rib chiqildi.

 

12 sentyabr kuni qabul qilingan qarorga ko‘ra, narxlar 15 foizga oshiriladi. Jumladan, aholiga issiqlik energiyasi va issiq suv taʼminoti xizmatlarining yangi chakana tarifi 121 617 so‘m/Gkal bo‘ladi.

 

Shuningdek, yuridik shaxslar uchun tarif ham 15 foizga oshadi — 1 Gkal uchun 244 497 so‘mga.

 

Yangi tariflarning amalga kiritilish sanasi maʼlum qilinmagan.

 

Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti xizmatlari narxlari aholi uchun so‘nggi marta shu yil aprel oyida, yuridik shaxslar uchun 2023 yil oxirida oshirilgan edi.

 

Issiqlik taʼminoti xizmatlari Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan ko‘rsatiladi. Shahar aholisi bazaviy tarifning 14 foizini to‘laydi, qolgani shahar byudjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.