O'zbekiston

Andijonda 250 mln so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Andijonda 250 mln so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baliqchi tumani bo‘limi, ETK va boshqa huquqni muhofoza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda tumandagi “I.S.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar MCHJ qarashli yog‘ni qayta ishlash zavodida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanib, jami 250 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

 

Departamentning Izboskan tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT B.N. va boshqalar "Ovulmat" MFYda joylashgan novvoyxonada umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 149,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

 

Shuningdek, Departamentning Xonqa tumani bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Urganch shahridagi “G.” MCHJga qarashli Urganch tumani, "Killavut" mahallasida joylashgan dam olish maskanida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, jami 160,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.