Sport

“Barselona” Chempionlar ligasini mag‘lubiyat bilan boshladi

Jamoa Ispaniya chempionatida g'alabali yurishda davom etayotgan edi.

“Barselona” Chempionlar ligasini mag‘lubiyat bilan boshladi

 

La Ligadagi ketma-ket beshta g'alabadan so'ng, muxlislar oldingi "Barsa" yana qaytgani haqida gapirishni boshlashgandi. Ularning aytishlaricha, “Real” va “Atletiko” yangi kelgan futbolchilari bilan band bo'lib qolgan bir paytda, Xansi Flik jamoasi bundan unumli foydalanib chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin. “Barselona” mavsumni shu qadar omadli boshladiki, jamoaning barcha muammolari birdaniga hal bo'lgandek tuyuldi. Flik "Barsa"ga kuch va ustunlik tuyg'usini qaytarganiga ko'pchilik ishonishdi.

 

 

"Barselona"ning "Manako" bilan o'yinini baholash qiyin. Ter Shtegen ikkitadan ko'p gol o'tkazib yuborishi mumkin edi. Kataloniyaliklar 10-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib o'ynashdi. Agar bu holat sodir bo'lmaganida "Barsa"ga baho berish osonroq bo'lardi. Har holda, "Monako" mavsum boshidan beri "Barselona"ni himoyada o'ynashga majbur qilgan birinchi jamoa bo'ldi. Va bu birinchi daqiqalardanoq boshlandi. "Barsa"ning markazdagi ustunligi yo'qqa chiqarildi. Shuningdek, ispanlarning himoya chizig'ida bir qator muammolar borligi ma'lum bo'ldi. Agar Garsiya maydondan chetlatilmaganida, "Monako" o'zini bu qadar qulay his qilmagan bo'lardi. Biroq, Erik maydonda bo'lganida ham, "Barselona"da muammolar bo'lishi mumkin edi.

 

 

Flikning jamoasi maftunkor, lekin juda qo'pol. Uzoq muddatli chempionatda muvaffaqiyat qozonish uchun jamoani yanada mustahkamlash kerak. "Barselona" "Monako"dan muhim saboq oldi. Unga hamma narsa oson bo'lmasligi ko'rsatildi. "Monako" bilan o'yin Chempionlar ligasidagi 1-tur bahsi edi, hali ortiqcha baholashning hojati yo'q. "Barsa" albatta o'z ochkolarini oladi va pley-offga chiqadi. Shunday bo'lsa-da, "Monako"ga qarshi o'yin "Barselona"ni oldinda bo'ladigan katta o'yinlar uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. "Monako" chempionatdagi beshta g'alabadan so'ng "Barselona"ni tinchlantirdi va yanada kuchliroq tayyorgarlik olib borish kerakligini ko'rsatdi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"