Olimlar COVID-19 qayerdan tarqalganini aniqladi
Ular virus tarqalishining 2 ta variantini ilgari surmoqda.

AQSH, Britaniya, Fransiya va boshqa mamlakatlar olimlari koronavirus tarqalishi Xitoyning Uxan shahridagi Xuanan bozoridan boshlanganini aytdi.
Bozordan olingan genetik material namunalari koronavirus umumiy ajdodiga genetik jihatdan mos kelgan. Virus hayvonlar qafaslarida, kanalizatsiya va boshqa joylarda topilgan.
Olimlar virus tarqalishining 2 ta variantini ilgari surmoqda: hayvonlardan (aniq qaysi turdan ekani noma’lum) odamga yoki aksincha — odamlar uni bozorga olib kirgan.







