O'zbekiston

Prezidentga sportdagi istiqbolli rejalar haqida axborot berildi

Davlat rahbari xalqaro musobaqalarga tizimli tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Prezidentga sportdagi istiqbolli rejalar haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalar to‘g‘risida axborot berildi.

 

Avvalo, ommaviy sportni va olimpiya harakatini yana-da kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Yaqinda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari jami 39 ta medalni qo‘lga kiritib, yuzlab davlatlar orasida 13-o‘rinlarni egallagan edi. Bu mamlakatimiz sporti tarixida eng yuqori natijalar bo‘ldi.

 

Mazkur nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘ladigan o‘yinlarga hozirdan tayyorgarlik ko‘rish, yo‘llanmalar soni va turini ko‘paytirish zarurligini taʼkidlagan edi.

 

Shundan kelib chiqib, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari tomonidan sport turlari bo‘yicha foydalanilmagan imkoniyatlar yana bir bor tanqidiy tahlil qilindi.

 

Misol uchun, Olimpiya o‘yinlarida yengil atletika bo‘yicha 48 ta, suv sporti turlarida 49 ta dastur mavjud. Lekin vakillarimiz ularda 5 va 4 ta yo‘llanma bilan qatnashdi, xolos.

 

Tennis, o‘q otish, gimnastika, velosport bo‘yicha federatsiyalar ham, sharoit ham bor. Yunon-rum kurashi, ot sporti, qilichbozlik, eshkak eshish bo‘yicha hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p. Chim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlarini ham rivojlantirish zarur.

 

Mazkur sport federatsiyalari ishini jonlantirish, o‘quv-mashg‘ulotlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

Olimpiya va paralimpiya harakati ommaviy sportdan kuch olishi taʼkidlanib, mahallalarda seleksiya ishlarini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni professional etib tarbiyalash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Maʼlumki, kelgusi yil yurtimizda yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun Toshkentda Olimpiya shaharchasi barpo etilmoqda.

 

U yerga tashrifi chog‘ida Prezidentimiz bu majmua mamlakatimiz sportining ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘lishi zarurligini aytgan edi.

 

Shunga muvofiq, Osiyo o‘yinlaridan so‘ng, Olimpiya shaharchasi infratuzilmasidan samarali foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Buning uchun “Aqlli shahar” konsepsiyasiga asoslangan maʼmuriy boshqaruv tashkil etiladi. U sport majmualarini saqlash, jihozlar va texnik tizimlar holatini kuzatib borish, zarur hollarda taʼmirlash bilan shug‘ullanadi. Ustuvor sport turlari bo‘yicha yillik reja tasdiqlanib, hududlardagi sportchilarning Olimpiya shaharchasida o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazishi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, bu tuzilmaga ommaviy tadbirlarni tashkil etish, ijara va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish huquqi beriladi.

 

Olimpiya harakati haqida gap ketganda, qishki o‘yinlarni ham nazardan qochirmaslik zarur. Shunday sport turlaridan biri bu xokkey. 

 

Bugungi kunda bu bo‘yicha 4 ta sport klubi va 3 ta sport inshooti mavjud. Xokkey bo‘yicha U-16 terma jamoamiz 2023 yilda Osiyo va Okeaniya kubogida 1-o‘rin bo‘lgan edi. Bu yil mazkur musobaqa ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilib, U-18 terma jamoamiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

Shularga asoslanib, bu sport turini rivojlantirish, keyinchalik Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasini qurish bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

Davlatimiz rahbari aholini jimoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish, xalqaro musobaqalarga tizimli tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"