O'zbekiston

Yuqori Chirchiqda haydovchi yo‘lovchiga pornografik video qo‘yib berdi

Hozirda u sud qarori bilan qamalib, jarimaga tortilgan.

Yuqori Chirchiqda haydovchi yo‘lovchiga pornografik video qo‘yib berdi

Bugun, 20 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tuman sudida voyaga yetmagan qizga behayo videolar qo‘yib bergan 27 yoshli erkakka sud hukmi o‘qildi.

 

Holat 19 sentyabr kuni soat 12:10 larda Yuqori Chirchiq tumani Uch chinor mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Haydovchi Nexia rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, 6-cinf o‘quvchisini yo‘lovchi sifatida avtomashinasining orqa o‘rindig‘iga o‘tkazib olib ketgan. Yo‘lda ketayotgan vaqtida qizga o‘zining telefonidan pornografik mazmunga ega bo‘lgan videolarni ko‘rsatgan.

 

Shundan so‘ng qizcha uning harakatlariga norozilik bildirib, mashinani to‘xtatishni talab qilgan. Haydovchi esa qizni uyatli so‘zlar bilan so‘kib, mashinani to‘xtatgan va yo‘l chetida qoldirgan.

 

Erkak sud majlisida nima sababdan bunday ish qilganligini tushuntirib berolmasligini, qilmishidan pushaymonligini bildirib, yengillik berishni so‘ragan.

 

Sud qarori bilan erkak MJtKning 183-moddasi va 189-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 15 sutkaga qamalgan. Shuningdek, unga nisbatan BHMning 100 baravari miqdorida, yaʼni 34 mln so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.