Buxoroda hokim yordamchisi 10 yoshli bolani urib yubordi
Hodisa oqibatida maktab o‘quvchisi halok bo‘lgan.

Buxoro viloyati Romitan tumani hokimining “Iftixor” MFY bo‘yicha yordamchisi Elyor Toshpo‘latov o‘zining boshqaruvidagi “Nexia-2” avtomobilida sodir etgan yo‘l-transport hodisasida 10 yoshli bola vafot etdi.
Mahalliy telegram-kanallardan birida “haydovchi qoidalarni buzgan holda katta tezlikda harakatlangani” aytiladi.
Tuman hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, hokim yordamchisining xatti-harakatlari kadrlar bo‘limi tomonidan o‘rganilmoqda.
Bu hodisa haqida Buxoro viloyati IIB YHXB tomonidan rasmiy maʼlumot berilmagan.







