O'zbekiston

Farg‘onada dorilarni qalbakilashtirayotgan sex fosh bo‘ldi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Farg‘onada dorilarni qalbakilashtirayotgan sex fosh bo‘ldi

Tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumanida yashirin sex dorixonalarda qiymati 7 mingdan 26 ming so‘mga qadar bo‘lgan “Kaspargin”, “Piratsetam”, “Deksamitazon”, “Askorbin kislotasi” kabi ampula shaklidagi dori vositalarini yozuvi, qadog‘i, yorliqlarini o‘zgartirish hamda ampulalarni bo‘yoq bilan bo‘yash orqali dorixonalarda qiymati 70 mingdan 200 ming so‘mgacha bo‘lgan “L-Lizin Essinat”, “Tiotsetam”, “Midokalm”, “Retobolil”, “Diprospan” va “Aktovegen” kabi dorilar tayyorlangan.

 

Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, dori vositalari qalbakilashtirilganligi hamda ularga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi va saqlash sharoitiga amal qilinmaganligi aniqlangan.

 

Maʼlumot o‘rnida, ushbu dorilarning qiymati 89 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa-da, ularni qalbakilashtirish orqali savdoga chiqarilganida 625 mln so‘mga sotilishi mumkin edi.

 

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?”: “Real Sanjik” sudda so‘nggi so‘zini aytdi

“O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?”: “Real Sanjik” sudda so‘nggi so‘zini aytdi

Sanjar Karimov qamoqda umrini o‘tkazish og‘ir ekanini taʼkidladi va suddan yana ota va o‘g‘il bo‘lish imkoniyatini so‘radi.

TDTU talabalari nega yotoqxonadan chiqarib yuborildi?

TDTU talabalari nega yotoqxonadan chiqarib yuborildi?

Oliy taʼlim vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilib, unga tan jarohati yetkazgan.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Farg‘onada dorilarni qalbakilashtirayotgan sex fosh bo‘ldi | Zamon.uz