O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda fuqaro SSSR davridagi tangani olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi

Hozirda ular Nukusdagi muzeyga topshirilgan.

Qoraqalpog‘istonda fuqaro SSSR davridagi tangani olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tarixiy va madaniy boyliklarni olib chiqishga bo‘lgan navbatdagi urinishlar fosh qilindi.

 

Maʼlum qilinishicha, “Qoraqalpog‘iston” temiryo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Volgograd”yo‘nalishidagi poyezd bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, yo‘lovchilardan biri bundan 54 yil muqaddam ishlangan byustni yashirin tarzda olib chiqayotgan vaqtda to‘xtatib qolingan.

 

“Dovut-ota” chegara bojxona postida aniqlangan holatda esa avtotransport vositasida O‘zbekistondan chiqib ketayotgan yo‘lovchi o‘zi bilan 12 dona tarixiy osori-otiqalarni olib chiqayotgan vaqtida fosh qilingan. Ular orasida 1965 yilda va 1970 yilda SSSRda zarb etilgan 2 dona tanga, XX asrga mansub barchasi kumushdan ishlangan 1 dona bilaguzuk, 1 dona uzuk, 2 dona choyqoshiq, ayollar kiyimiga taqiladigan 2 juft to‘qa bor.

 

Mazkur ashyolar orasida 4 dona qadimiy kitob ham mavjud bo‘lib, sanʼatshunoslar xulosasiga ko‘ra, kitoblardan 3 tasi toshbosma usulida XIX asrda chop etilgan bo‘lib, asosan islom dini tarixiga oid noyob manbalar hisoblanadi. Kitoblardan yana biri esa XX asr boshlarida Toshkentda chop etilgan.

 

Mazkur qadimiy ashyolar Nukus shahrida joylashgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyiga topshirilgan. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan maʼmuriy ishlar yuritilib, sud organlariga yuborilgan.

 

Maʼlumot uchun, “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonunga asosan, 50 yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekistondan olib chiqish mumkin emas.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda fuqaro SSSR davridagi tangani olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi | Zamon.uz