Toshkentda bitta ko‘chada avtomobil harakati cheklanadi
Bu haqida shahar hokimligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Olmazor tumanida drenaj quvurlarini o‘tkazish ishlari sababli Sag‘bon ko‘chasining Chimboy 1-tor ko‘chasi bilan kesishmasidan KHAYgacha bo‘lgan qismi 21 sentyabr kuni 21:00 dan 22 sentyabr kuni 07:00 gacha avtomobillar harakati uchun yopiladi.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!”, deyiladi hokimlik xabarida.







