Sport

"Real" La Ligada navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritdi

Jamoa tarkibida yulduzlar o'zlarini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi.

"Real" La Ligada navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritdi

 

"Real Madrid" bu hafta Chempionlar ligasi doirasida "Shtutgart" bilan qiyin o'yin o'tkazdi. Shuning uchun Anchelotti muhim rotatsiyani amalga oshirdi. 6-tur o'yinida Vinisius zaxira o'rindig'iga joylashtirildi va to'rt himoyachidan faqat Karvaxal asosiy tarkibda maydonga tushdi.

 

Uchrashuv Bellingemning raqib futbolchisi bilan to'qnashuvida oqibatida jarohat olishi bilan boshlandi. Angliyalik futbolchi mavsum boshini o'tkazib yuborgan, yangi jarohat esa "Real" uchun jiddiy muammo bo'lishi mumkin edi. Biroq, Jude tez orada maydonga qaytdi va o'yinni davom ettira oldi.

 

Tarkibdagi ba'zi muammolarga qaramay, "Real" juda ham tartibli o'yin namoyish etdi. 11-daqiqadayoq Guler boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi va bu vaziyatda Mbappe gol urishi mumkin edi. Fransuz futbolchisi to'pni o'ziga tog'rilab olib zarba berdi, ammo uning zarbasini darvozabon qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Mbappeda boshqa imkoniyatlar ham bo'ldi, lekin baribir gol ura olmadi. "Espanyol" birinchi bo'limda yaxshi himoyalana oldi. Kataloniya jamoasi bu yozda qiyinchilik bilan, bir yillik tanaffusdan keyin La Ligaga qaytdi. Dastlabki turlardan so'ng jamoa turnir jadvalining o'rtasida bormoqda.

 

Ikkinchi bo'lim qiziq epizod bilan boshlandi. Kurtua kutilmaganda o'z darvbozasiga to'p kiritib qo'ydi. Shu tariqa "Real" aprel oyida "Barselona" Madridga tashrif buyurganidan beri ilk bor o'z uyida to'p o'tkazib yubordi. Shundan so'ng Anchelotti darhol Vinisiusni maydonga tushirdi. Oradan bir-ikki daqiqa o'tgach, madridliklar Karvaxalning goli evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. “Espanyol” shu daqiqadan boshlab durang natijani ushlab qolish uchun harakat qildi. Biroq, jamoaga bu yordam bermadi. "Real Madrid"ning bosimi 75-daqiqada urilgan gol bilan yakunlandi. Vinisius chap qanotdan oyog'ining tashqi tomoni bilan ajoyib uzatmani amalga oshirdi va Rodrigo to'pni osongina darvozaga joylab qo'ydi.

 

Shundan keyin “Espanyol”ning himoyasi parchalanib ketdi. Bu esa mezbonlarga uchinchi golni taqdim etdi. Mbappening golli uzatmasidan so'ng, Vinisius hujumni gol bilan yakunlab qo'ydi. O'yin oxirida Endrik ajoyib tarzda raqibini ortda qoldirib, penalti ishladi. Mbappe esa uni golga aylantirdi - 4:1. Shu tariqa Madrid jamoasi yana bir muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.

 

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"