Albaniya o‘z hududida musulmonlar uchun mikrodavlat yaratmoqchi
U taxminan 10 gektar maydonni egallaydi.

Yangi davlat tuzilmasi poytaxt Tirana hududida joylashishi rejalashtirilgan. U o‘z maʼmuriyatiga ega bo‘ladi va aholiga ushbu davlatning pasportlari beriladi. Mikrodavlat Albaniyada yashovchi bektoshiy musulmonlar jamoasi uchun mo‘ljallangan. Uni hududida qatʼiy islom qonunlari qo‘llanilmaydi.
Albaniya bosh vaziri Edi Ramaning aytishicha, shahar-davlat yaratishdan maqsad islomning bag‘rikeng talqinini targ‘ib qilishdir.







