Bandlik vaziri Behzod Musayev lavozimidan ketdi
Ushbu lavozimga Botir Zohidov tayinlandi.

Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda Bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan bu marralarga erishib bo‘lmasligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlangani maʼlum qilindi.
Bu vazirlik faoliyati ham mutlaqo boshqacha bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi. Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tadi.







