O'zbekiston

25-sentyabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

25-sentyabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

25-sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechqurun shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-16 daraja iliq, kunduzi 29-31 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim tumanlarda biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Buxoro viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

 

Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim tumanlarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi tumanlarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi. 

custom img

Qoraqalpog‘istonda yana bir “qochoq ota” ushlandi

Qarzdor zapravka hududida xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan avtomashinada voqea joyidan qochishga uringan.

custom img

Toshkentda fuqaro MIB orqali quruvchiga to‘lagan pulini qaytarib oldi

Natijada uyni o‘z vaqtida topshirmagan quruvchidan 323 mln so‘mdan ortiq mablag‘ fuqaro foydasiga undirildi.

custom img

Jizzaxda fuqaroning mol-mulki MIB orqali olib berildi

Natijada undiruvchiga tegishli bo‘lgan mol-mulk qonunchilikda belgilangan tartibda olib berilib, uning huquqi tiklandi.

custom img

Jizzaxda kredit qarzlari sabab mashinalar xatlanmoqda

Banklar oldidagi kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan qarzdorlarga tegishli, kredit taʼminoti sifatida garovga qo‘yilgan mol-mulklar belgilangan tartibda aniqlanib, xatlash choralari qo‘llanilmoqda.

custom img

Kredit qarzi sabab Malibu auksionga chiqarildi

Endilikda avtomashina sotuvidan tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Rufat Risqiyevning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

“Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan tanilgan afsonaviy bokschi 76 yoshda vafot etdi.

custom img

O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashi mumkin

Shuningdek, chegaradagi navbatlarni qisqartirish, elektron vizalarni joriy etish va yuk tashuvlarini jadallashtirish masalalri ko'rib chiqilmoqda.

custom img

Ma’muriy sudlarda dastlabki eshituv joriy etiladi

Sudya dastlabki eshituvni ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab 20 kundan kechiktirmay o‘tkazishi kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"