Andijonda yuk mashinasi avariyaga uchrab, ag‘darilib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Hodisa bugun, 24-sentyabr kuni Andijon shahar A.Yuldashev ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1987-yilda tug‘ilgan haydovchi HOWA rusumli yuk mashinasida Buloqboshi tumani sement zavodiga ko‘mir mahsulotlarini olib ketayotgan vaqtida charchoq sabab rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng chetidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.
Ushbu YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, yuk transport vositasi texnik shikastlangan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar IIOFMB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







