Hindistonda 8 kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi
Ulardan 6 nafari maktab o‘quvchilari bo‘lgan.

Hindistonning Chxattisgarx shtatida yashin urishi oqibatida sakkiz kishi, jumladan, olti nafar bola halok bo‘ldi.
Hodisa Jorataray qishlog‘ida kuchli yog‘ingarchilik paytida yuz bergan. Maktabdan qaytayotgan bolalarning 6 nafarini hamda daraxt panasida turgan yana ikki kishini chaqmoq urib, halok bo‘lgan. Shuningdek, bir kishi tan jarohati olgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr boshida ham ushbu shtatda yashin urishi oqibatida yetti kishi halok bo‘lib, uch kishi jarohat olgandi. Ushbu hodisa jarbrlanuvchilar kuchli yog‘ingarchilik vaqtida daladan uyga qaytayotganida sodir bo‘lgan.







