Zelenskiy AQSH Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashdi
U “g‘alaba rejasi”ni va frontdagi vaziyat haqida gapirdi.

“Hozirgi qatʼiy harakat kelgusi yilda Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligini tugatishni tezlashtirishi mumkin. Bizning “g‘alaba rejamiz” amalda Rossiyani tinchlikka qaytishga majbur qilishga yordam beradi”, — deyiladi prezident xabarida.
Bundan tashqari, u Amerikaning yetakchi energetika, moliya va sug‘urta kompaniyalari rahbarlari, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi vakili Samanta Pauer va AQSH Davlat kotibining boshqaruv va resurslar bo‘yicha o‘rinbosari Richard Verma bilan uchrashdi.







