O'zbekiston

Samarqandda erkak jiyaniga zo‘ravonlik qilib kelayotgani aniqlandi

Bola profilaktika inspektoriga murojaat qilsa-da, hech qanday chora ko‘rilmagan.

Samarqandda erkak jiyaniga zo‘ravonlik qilib kelayotgani aniqlandi

Samarqandda 2008 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolaga tog‘asi tazyiq va zo‘ravonlik qilib kelayotgani aniqlanib, himoya orderi berildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.

 

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 10-sinfida o‘quvchi voyaga yetmagan B.M.dan murojaat kelib tushgan. Unda ota-onasi ajrashganini, akasi Rossiyada o‘qiyotgani sababli onasi ham u yerga ketganini, o‘zi esa buvisi bilan birga yashashini maʼlum qilgan.

 

Qo‘shni hovlida yashovchi tog‘asi M.A unga jismoniy tazyiq o‘tkazib, bir necha bor tan jarohati yetkazgani, uni haqorat qilib, uyidan haydab chiqarishga urinayotganini bildirgan. Shuningdek, holat yuzasidan profilaktika inspektoriga murojaat qilsa-da, hech qanday chora ko‘rilmaganini aytib, tog‘asining tazyig‘iga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan. Jumladan, agentlikning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi hamda Past Darg‘om tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi masʼullari tomonidan holat joyiga chiqib o‘rganilganda, M.A. tomonidan voyaga yetmagan B.M. va uning buvisi X.M.ga nisbatan tazyiqlar o‘tkazib kelingani tasdiqlangan.

 

19 sentyabr kuni tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish va qayta takrorlanishiga qarshi himoya orderi rasmiylashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, M.A.ning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida hozirda Past Darg‘om tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda erkak jiyaniga zo‘ravonlik qilib kelayotgani aniqlandi | Zamon.uz