Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Qayd etilishicha, “Yutong” rusumli avtobus haydovchisi A.Y. Yangihayot tumani Xonabod ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida yana bir “Yutong” rusumli avtobus bilan to‘qnashib ketgan.
Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.
Hozirda sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilangan.







