Toshkentda Nexia-3 yonib ketdi
Holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun soat 14:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida yuz bergan. Unda Matiz va Nexia-3 rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgan. To‘qnashuvdan so‘ng Nexia-3 avtomashinasida yong‘in yuzaga kelgan.
YTH oqibatida Matiz haydovchisi tan jarohati olib, birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







