Qo‘ng‘irotda 2 ming litr dizelni talon-taroj qilmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda “T.N.B.” MCHJning Qo‘ng‘irot filiali sex mudiri Z.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan 2 222 litr dizel yoqilg‘isini hech qanday hujjatsiz filialga tegishli yoqilg‘i tashuvchi avtomashinasida “K.Sh.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







