O'zbekiston

30 mingga yaqin obyektga 500 nafar nazoratchi biriktiriladi

Har bir obyekt bo‘yicha kundalik nazorat ishlari kuchaytiriladi.

30 mingga yaqin obyektga 500 nafar nazoratchi biriktiriladi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov qurilish sohasida davlat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

 

Qurilish va uy-joy kommunal ho‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qariyb 30 mingga yaqin  obyektda qurilish-montaj ishlari ustidan 145 mingdan ortiq nazorat tadbirlarini olib bordi.  Bunda bajarilishi majburiy bo‘lgan 88 600  ta  yozma ko‘rsatma berildi, 64 mingga yaqin kamchilik bartaraf etilib, 6 300 dan ziyod maʼmuriy ish xujjatlari asosida tegishli jazo choralari qo‘llanildi.  Shaharsozlik norma va qoidalariga zid ravishda qurilgan 338 ta qurilish obyektida qurilish-montaj ishlarini to‘xtatildi. Tegishli hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan qurilgan 226 ta qurilish obyektini buzish va demontaj qilish bo‘yicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi. Qurilish normalarga rioya qilmagan 279 ta obyektda buzdirish ishlari olib borildi.

 

Qurilish ishtirokchilar tomonidan mualliflik va texnik nazoratini buzganligi uchun 678 ta holatda litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish bo‘yicha taqdimnomalar kiritildi. 519 ta qurilish obyektida sifatsiz qurilish materiallari va buyumlardan foydalanganligi uchun tegishli organlarga taqdimnoma yuborildi.

 

Taʼkidlash kerakki, shu yilning 23 sentyabr kuni davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yana-da rivojlantirishga oid videoselektor yig‘ilishida bu boradagi ishlar tahliliy tanqid qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab berilgan edi.

 

Shundan kelib chiqqan holda, endilikda 30 mingga yaqin obyektga 500 nafar nazoratchi nomma-nom biriktiriladi. Har bir obyekt bo‘yicha kundalik nazorat ishlari kuchaytiriladi. Aniqlangan xato va kamchiliklarni joyida bartaraf etish maqsadida hududiy inspeksiyalarda quruvchi-operatorlar shtabi tashkil qilinadi. Bu esa inspeksiyalar mansabdor shaxslari hatti harakati hamda qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratadi.

 

Endi nazorat inspektorlari bodikameralar bilan taʼminlanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad qurilishda davlat nazoratini yana-da kuchaytirish, har qanday korrupsiyaviy holatni o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yishdan iboratdir.

 

Davlat hisobidan qurilayotgan barcha obyektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera o‘rnatiladi. Kuzatuv qurilmasi operatorlar shtabiga maʼlumotlarni onlayn yetkazib turadi. Shu orqali qurilish jarayonlari, buyurtmachining texnik, loyihachining mualliflik, pudratchining ichki nazorat ishlari doimiy davlat nazoratida bo‘ladi.

 

Noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytirilmoqda. Bu orqali shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, hududiy inspeksiyalar ro‘yxatidan o‘tmasdan o‘zboshimchalik bilan boshlab yuborilgan qurilishlarni o‘z vaqtida to‘xtatish choralari ko‘riladi.

 

Endilikda har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasport bo‘lishi shart.  Agar bunday turdagi pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi. Qurilish pasportida qurilishga taalluqli  barcha shaharsozlik hujjatlari bo‘lishi shart. Yaʼni, qurilishni joylashtirish, loyihani ishlab chiqish, tasdiqlangan loyiha va shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi, hududiy inspeksiyalardan ro‘yxatdan o‘tgan vaqti, qurilishning boshlanish va tugallanish davri, qurilishda buyurtmachi, loyihachi va pudratchilar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bo‘lishi talab qilinadi.

 

Ushbu choralarni kuchaytirish, qurilishlarni sifatli bo‘lishiga, o‘z muddatida topshirilishiga,  noqonuniy va pala partish qurilishlarga chek qo‘yishga, inspeksiya xodimlari tomonidan turli nojo‘ya hatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

30 mingga yaqin obyektga 500 nafar nazoratchi biriktiriladi | Zamon.uz