Basketbol federatsiyasida 489 mln. so‘m talon-toroj qilindi
Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura maʼlumotiga ko‘ra, federatsiya direktori va ish boshqaruvchisi jinoiy til biriktirib, firma ochib, sportchilar sog‘lig‘ini monitoring qilish uchun ajratilgan 197 mln so‘mni talon-toroj qilgan. Uskunalar yetkazilmagan.
Shuningdek, 1-vitse prezident korporativ kartaning 162 mln so‘mini shaxsiy ehtiyojlariga sarflagan. Soxta homiylik shartnomalari orqali yana 130 mln so‘m o‘zlashtirilgan.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







