O'zbekiston

Zelenskiy Nyu-Yorkda Tramp bilan uchrashdi

U Tramp bilan o‘zining “g‘alaba rejasi”ni muhokama qilmoqchi.

Zelenskiy Nyu-Yorkda Tramp bilan uchrashdi

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod agar saylovda g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi urushni tugatish uchun demokratlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi. Tramp, shuningdek, inauguratsiyadan oldin ham Ukraina, ham Rossiya uchun “yaxshi” yechim topishiga umid qilishini bildirdi.

 

"Urush tugashi zarur, Putin g‘alaba qozona olmaydi, Ukraina esa g‘alaba qozonishi kerak, degan umumiy fikrga egamiz", — deya taʼkidladi Zelenskiy.

 

Ukraina prezidenti Tramp bilan o‘zining “g‘alaba rejasi”ni muhokama qilmoqchi ekanligini ham qo‘shimcha qildi.

 

"Tango uchun ikki kishi kerak. Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik muzokaralarini o‘tkazish zarur. Biz buni muhokama qilamiz va qanday yechimga kelishimiz mumkinligini aniqlaymiz", — deya fikr bildirdi respublikachi.

 

Tramp, shuningdek, Zelenskiy va Putin bilan yaxshi munosabatlarga ega ekanligini aytdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.