Salomatlik

Saratonni yangi usulda davolash yo‘li topildi

Mazkur davolash texnologiyasi yuqori samara berishi aytilmoqda.

Saratonni yangi usulda davolash yo‘li topildi

Shvetsiyalik olimlar saraton hujayralarini qayta dasturlash usulini ishlab chiqdi. Shu asnoda xavfli hujayralarni onkologik o‘smalar atrofidagi himoya to‘sig‘ini buzishga qodir bo‘lgan cDC1 turiga mansub maxsus immun hujayralariga aylantirish usuli kashf qilindi.

 

Tadqiqotchilar organizmdagi kasallik o‘chog‘iga PU.1, IRF8 va BATF3 deb nomlangan uchta oqsilni yetkazishda adenoviruslardan foydalandi.

 

Shu asnoda qayta dasturlashtirilgan hujayralar zararli xususiyatlarini yo‘qotish barobarida, immunitet tizimidagi T-limfotsitlarni faollashtirish orqali o‘simta bilan jadal kurasha boshladi.

 

Maʼlumki, saratonning ko‘plab turlari immun tizimi ishlashiga halaqit beruvchi himoya mexanizmlarini hosil qilish xususiyatiga ega. Shved olimlari taklif etayotgan usul ana shu to‘siqlarni ichkaridan bartaraf etib, o‘simta hujayralarini o‘z-o‘zini yo‘q qilish quroliga aylantiradi.

 

Mazkur davolash texnologiyasi mavjud immunoterapiya muolajalari bilan birgalikda yuqori samara berishi aytilmoqda.

 

Qayta dasturlashtirilgan hujayralar sichqonlar organizmiga kiritilgach, kemiruvchilarda o‘simta rivojlanishi jarayoni sezilarli darajada sekinlashgani kuzatildi.

 

Yangi usul immunoterapiya bilan birga qo‘llanilgach, o‘simta o‘sishini butunlay to‘xtatishga erishildi. O‘z navbatida, tajriba hayvonlarida neoplazmalarning qaytalanishiga qarshi uzoq muddatli immunitet hosil bo‘ldi.

 

Inson hujayralarida o‘tkazilgan tajribalar ham yangi davolash texnologiyasining samaradorligini tasdiqladi. Endi bu xulosa klinik sinovlarda ham o‘z tasdig‘ini topishi kerak. Mazkur tadqiqot natijalari AQSHning “Science” ilmiy jurnalida chop etildi.

 

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Saratonni yangi usulda davolash yo‘li topildi