Eng dolzarb

Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarga tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.

Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroil davlatida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga hozirgi vaqtdagi intensiv raketa otishmalari munosabati bilan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘rab, murojaat yo‘lladi. 

 

Hozirgi vaqtdagi intensiv raketa otishmalari munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi O‘zbekiston fuqarolaridan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni qatʼiy tavsiya qiladi:

 

— Raketa hujumlari paytida tezlik  bilan bomba boshpanalariga kiring.

 

— Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qiling.

 

— Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring.

 

Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qiling:

 

• Favqulodda yordam telefonlari:  

03-672-2466  

03-672-2371  

03-758-5075  

03-758-5076

 

• Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:  

054 485 1397

 

• Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"