O'zbekiston

Tuberkulyozni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalar eʼlon qilindi

Yangi ko‘rsatmalarga qisqa muddatli profilaktik davolash kurslari ham kiritilgan.

Tuberkulyozni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalar eʼlon qilindi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sil kasalligini erta bosqichda aniqlash va zamonaviy muolaja usullari yordamida samarali davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni eʼlon qildi.

 

Qayd etilishicha, OIV tashxisi qo‘yilgan bemorlar, homilador ayollar, tuberkulyozga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan odamlar, tibbiyot xodimlari, mahbuslar, mazkur kasallik keng tarqalgan malakatlardan kelgan muhojirlar hamda giyohvand moddalar isteʼmol qiluvchi kishilar yuqori xavf guruhiga mansub, deb hisoblanadi.

 

Ana shu qatlam sil kasalligini aniqlash bo‘yicha tegishli tekshiruvlardan o‘tib turishi va tuberkulyozga qarshi profilaktik davolanish kursini olishi lozim.

 

Shuningdek, JSST ko‘rsatmalarida yuqori texnologik diagnostika texnologiyalari cheklangan hududlar va sharoitda simptomlarga ko‘ra tashxislash usullari asosiy element bo‘lib qolmoqda.

 

Shunga qaramay, tashkilot bemorlar guruhi va mavjud resurslarga ko‘ra, ko‘krak qafasi rentgenografiyasi hamda molekulyar diagnostika kabi ilg‘or tekshiruv usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.

 

Latent (yashirin) tuberkulyozni aniqlash uchun esa tuberkulin teri sinamalari (TST) yoki interferon-γ (IGRA) tahlilini qo‘llashni tavsiya qiladi.

 

O‘z navbatida, ilg‘or tashxislash usuli — bolalar va immuniteti zaif odamlarda infeksiyani aniqlashda samarali bo‘lgan Mycobacterium tuberculosis (TBST) antigeniga asoslangan teri sinamlari ham keltirib o‘tiladi.

 

Yangi ko‘rsatmaning o‘ziga xos jihati, unga qisqa muddatli profilaktik davolash kurslarining kiritilishi bo‘ldi. Chunki 6 yoki 9 oy davomida har kuni izoniazid preparatini qabul qilish uzoq yillar standart profilaktik muolaja kursi bo‘lib keldi.

 

Ushbu sxema amaliyotda yaxshi natija berib kelayotgan bo‘lsa-da, davomiylik uzoqligi ko‘p hollarda bemorlar uchun qiyinchilik tug‘dirayotgani sir emas. Shu sababli JSST quyidagi muqobil davolanish kurslarini taklif qiladi. Xususan:

 

— 3 oy davomida haftalik rifapentin va izoniazid kursi (3HP);

— 4 oy davomida kunlik rifampitsin kursi;

— 1 oy davomida kunlik rifapentin va izoniazid kombinatsion kursi (1HP).

 

Tuberkulyozning ko‘p miqdordagi dori-darmonlarga yoki rifampitsinga chidamli turiga moyil kishilar uchun 6 oy mobaynida har kuni levofloksatsin qabul qilish tavsiya etiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.