Jahon

Polshada Ukraina Qurolli Kuchlari uchun ukrainaliklardan brigada yig‘ilmadi

Bu haqida Polsha mudofaa vaziri maʼlum qildi.

Polshada Ukraina Qurolli Kuchlari uchun ukrainaliklardan brigada yig‘ilmadi

"Polsha hukumati mamlakatda yashovchi, "Ukraina legioni" safiga qo‘shilishga va Ukrainaga jang qilish uchun borishga tayyor bo‘lgan yetarli miqdordagi ukrainaliklarni topa olmadi", — dedi vazir Vladislav Kosiniyak-Kamish.

 

Iyul oyida Polsha bilan mudofaa shartnomasini imzolagan Vladimir Zelenskiy bu davlat hududida "Ukraina legioni" deb ataluvchi ko‘ngilli guruhlar tashkil etilishi, brigadalarning shaxsiy tarkibi o‘qitilishi, qurollanishi va Ukrainani himoya qilishga tayyorlanishi kerakligini aytdi. Ko‘ngillilarni tayyorlash uchun javobgarlik Polsha qurolli kuchlariga va yollash esa Kiyevga yuklangan.

 

Ukrainaning Varshavadagi elchisi Vasiliy Zvarich may oyida Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boshlagan vaqtigacha Polshada 1,5 milliondan 2 milliongacha ukrainaliklar yashaganini, yana 1,3 millioni bu yerga 2022 yil 24 fevraldan keyin kelganini aytdi. 2024 yil may oyi holatiga ko‘ra, Polshada doimiy yashovchi, ishlayotgan va soliq to‘laydigan Ukraina fuqarolarini hisobga olmaganda, 950 mingga yaqin qochqin bo‘lgan.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"