Sport

Yangi Chempionlar Ligasining asosiy sensatsiyasi

"Real" bir yil ichida birinchi marta mag'lub bo'ldi.

Yangi Chempionlar Ligasining asosiy sensatsiyasi

 

Madridliklar yangi Chempionlar Ligasining birinchi tur o'yinini g'alaba bilan boshlagandi. Endrik musobaqa doirasida birinchi marta maydonga tushdi va Chempionlar ligasida gol urgan eng yosh "Real Madrid" futbolchisiga aylandi. Ikkinchidan, Eduardo Kamavinga jarohati sabab mavsum boshini o'tkazib yuborganidan so'ng, safga qaytdi. Yana bir qiziq jihat shundaki, Lunin yana jarohat olgan Kurtuaning o'rnini egalladi.

 

"Lill" Madrid jamoasiga qarshi yaxshi taktika qo'llay oldi. Jamoa tavakkal qilmaslikka va qarshi hujumlarda o'ynashini amalda ko'rsatib qo'ydi. “Real” bunga qarshilik qilmadi va o'zining o'yinini ko'rsatishda davom etdi. Jamoa uchrashuv davomida bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo'ldi, biroq ulardan unumli foydalana olmadi.

 

"Lill"ning hujumdagi asosiy umidi Edon Jegrova edi. Kosovolik futbolchi o'ng qanotda imkoniyatlar qidirdi va tez-tez hujumlarni yaratishda faollik ko'rsatdi. Lekin, uning harakatlari kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatli yakunlandi. Unga hujumda to'purar Jonatan Devid va Remi Kabella yordam berdi.

 

Birinchi bo'limdagi eng xavfli vaziyat 19-daqiqada yuzaga keldi. Endrik tezkorlik bilan to'pni raqib jarima maydonchasiga olib kirdi va yaqin masofadan Lyuk Chevalier darvozasini nishonga oldi. Ammo. to'p darvoza yonidan o'tib ketdi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, “Lill” nihoyat hujumlar uyushtirishni boshladi. Jegrova himoyachilarni ortda qoldirib Lunin darvozasi tomon zarba yo'lladi. Lekin, ukrainalik futbolchi uning zarbasini bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

 

Taym o'rtalariga kelib jamoalar o'z o'yinlarini almashgandek bo'ldi: "Lill" ko'proq pozitsion hujumlarni amalga oshirishni boshladi. "Real" esa Vinisius orqali qarshi hujumlarga o'tishga harakat qildi. Mezbonlar bo'lim oxirida jarima maydonchasi oldida standart vaziyatga ega bo'ldi. Jegrova esa o'z ixtiyori bilan zarbani amalga oshirdi. Jarima maydonchasi ichida esa hakam Kamavinga to'pni qo'li bilan o'ynagan deb topdi va madridliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. David penaltini sovuqqonlik bilan golga aylantirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

 

“Real” o'yin yakuniga qadar hisobni tenglashtirishga harakat qildi, biroq barcha urinishlar besamar ketdi. Shu tariqa "Real Madrid" bir yil davomida ilk bor mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi. Fransuz klubi esa o'z tarixidagi muhim g'alabaga erishdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"