O'zbekiston

Toshkent aeroportida 338 mln so‘mlik tilla soat to‘xtatib qolindi

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent aeroportida 338 mln so‘mlik tilla soat to‘xtatib qolindi

“Dubay-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaroning qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish meʼyoridan ortiq bo‘lgan 1 dona tilla soat borligi aniqlandi.

 

Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, sof vazni 151,69 gramm bo‘lgan ushbu qo‘l soati qariyb 338 mln so‘mga baholanmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Yana bir holatda esa Nyu-Yorkdan uchib kelgan fuqaroga tegishli sumkalar ichida og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan “ROLEX OYSTER PERPETUAL DATEJUST” brendiga mansub 156 mln so‘m bo‘lgan qo‘l soati borligi maʼlum bo‘ldi.

 

Shuningdek, Dubaydan uchib kelgan fuqaroning qo‘l va yo‘l sumkalari ko‘zdan kechirilganda, og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish meʼyoridan ortiq bo‘lgan “BVLGARI” nomli 1 dona bilaguzuk va 1 dona uzuk borligi aniqlandi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, uning qiymati 71 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

 

Ushbu holatlar yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar zargarlik buyumlarini shaxsiy ehtiyoji uchun 65 grammgacha (2 000 AQSH dollaridan oshmagan) bo‘lgan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojsiz olib kirishlari mumkin.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent aeroportida 338 mln so‘mlik tilla soat to‘xtatib qolindi | Zamon.uz