Buxoroda 2 nafar elektrik ish vaqtida halok bo‘ldi
Ayni paytda baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

2-oktyabr kuni Buxoro elektr tarmoqlari korxonasining ikki nafar mutaxassisi ish jarayonida halok bo‘ldi. Ular maxsus texnikasiz avtokranda yuqori kuchlanishli simyog‘ochga ko‘tarilgan.
Kranning arqoni uzilib ketishi natijasida ular 30 metr balandlikdan qulab tushgan.
Rasmiy xabarga ko‘ra, “Qorako‘l” podstansiyasida 2 nafar xodimning o‘limi bilan yakunlangan baxtsiz hodisa to‘g‘risida shu kunning o‘zida tegishli organlarga xabar berilgan. Ayni paytda baxtsiz xodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Marhumlarning oilasiga barcha kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilishi taʼminlanadi.







