Chegarada asal deb dori olib o‘tishmoqchi bo‘lishdi
Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyatida yakka tartibda tadbirkorning nomiga olib kelingan tovarlar yuklangan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Hujjatlar asosida “Tabiiy asal” nomli tovar xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, 3 turdagi 17 735 dona “Bipin-T”, “Bisanar” hamda “Oksibaktotsid” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, jismoniy va yuridik shaxslar amaldagi tartiblarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tishda o‘zlari bilan olib ketayotgan tovar va moddiy boyliklarni belgilangan meʼyorlar asosida ishonchli va to‘g‘ri deklaratsiyalanishi uchun qonun hujjatlarga muvofiq javobgar bo‘ladi.







