O'zbekiston

Endi chiqindidan qarzi borlar elektrga to‘lov qilolmaydi

Bu bo‘yicha cheklov amalga kiritilmoqda.

Endi chiqindidan qarzi borlar elektrga to‘lov qilolmaydi

“Hududiy elektr tarmoqlari” chiqindi uchun pul to‘lamagan isteʼmolchilarga ommaviy ravishda SMS yubora boshladi. Ogohlantirishdan keyin ham to‘lovlarni amalga oshirmaganlarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilish cheklab qo‘yiladi.

 

Qayd etilishicha, “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonida chiqindi xizmatlari uchun oylik to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lgan abonentlarni SMS orqali xabardor qilib borish amaliyoti belgilangan.

 

Shuningdek, farmonda chiqindi qarzdorligi bo‘yicha ogohlantirilgandan keyin ham to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyotini joriy etish ham ko‘zda tutilgan.

 

Mazkur farmon ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning oktyabr oyidan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqami orqali ogohlantirish xabarlarini yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

 

Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan chiqindi bo‘yicha ogohlantirish xabari yuborilgandan so‘ng, qarzdorlikni bartaraf etmagan isteʼmolchilarga elektr energiyasi uchun to‘lovlarda cheklovlar kiritish bo‘yicha ham texnik ishlar olib borilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Endi chiqindidan qarzi borlar elektrga to‘lov qilolmaydi | Zamon.uz