Toshkentda 100 mingta etil spirtini sotayotgan shaxslar ushlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Tezkor tadbir davomida spirt mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan O.V. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Farg‘ona viloyatidan olib kelingan jami 100 ming dona tibbiyot etil spirtini fuqaro Ya.I.ga 8 300 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.







