Magic city‘da yong‘in chiqdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Bugun, soat 18:47 larda Chilonzor tumanida joylashgan "Magic city" bog‘i kirish darvozasi oldidagi butkada yong‘in sodir bo‘layotgani haqida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:49 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







