Salomatlik

Olimlar insulin qabul qilishdan butunlay voz kechish yo‘lini topdi

Buning uchun qayta dasturlashtirilgan hujayralardan foydalanildi.

Olimlar insulin qabul qilishdan butunlay voz kechish yo‘lini topdi

Xitoy olimlari ilk bor ildiz hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish orqali qandli diabetning birinchi va ikkinchi turini davolashga muvaffaq bo‘ldi.

 

Ushbu yangi muolaja usuli bemorlarning insulin qabul qilishdan butunlay voz kechib, salomatligini tiklashiga yordam berdi. Buning uchun qayta dasturlashtirilgan hujayralardan foydalanildi.

 

Klinik sinovlar chog‘ida qandli diabetning 1-turidan aziyat chekayotgan 25 yoshli ayolda ildiz hujayralari transplantatsiyasi amalga oshirildi.

 

Operatsiyadan bir necha oy o‘tib, bemor organizmi insulin gormonini ishlab chiqarish qobiliyatini bosqichma-bosqich tikladi. Natijada ayol yana sog‘lom hayotga qaytdi.

 

Maʼlumki, ildiz hujayralari o‘z-o‘zidan ko‘payish, mitoz yordamida bo‘linish va maxsus hujayralar hosil qilish, yaʼni turli aʼzo va to‘qimalarga aylana olish xususiyatiga ega.

 

Zamonaviy tibbiy amaliyotda ulardan onkologik, xususan, leykoz kabi qator kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Endi bunday xastaliklar ro‘yxatiga qandli diabet ham qo‘shildi.

 

Klinik sinovlarning navbatdagi bosqichida kasallikning 2-turiga chalingan 59 yoshli erkak shu usulda davolandi. Ildiz hujayralari ko‘chirib o‘tkazilgan ushbu bemor insulin qabul qilishdan to‘liq voz kechishga erishdi.

 

Tyanszin shahar markaziy shifoxonasi qoshidagi Transplantatsiya markazi bosh shifokori Van Shusenning qayd etishicha, ushbu yangilik dunyoda qandli diabetga chalingan millionlab odamlarni davolashda olamshumul yutuq bo‘lishi mumkin.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"