Namanganda “Gentra” “Zil” bilan to‘qnashib ketdi
Hodisa vaqtida “Gentra”da 5 nafar o‘quvchilar bo‘lgan.

Hodisa joriy yilning 2 oktyabr kuni Namangan shahri Marg‘ilon ko‘chasida sodir bo‘lgan.
5 nafar maktab va texnikum o‘quvchilari tomonidan Gentra avtomobili ijaraga olingan. Voyaga yetmagan yigit mashinani katta tezlikda boshqarib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ikki tomonlama yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqdan oshib qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Zil rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.
YTHdan so‘ng ular zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq haydovchi yo‘ldayoq vafot etgan. Jabrlanuvchilarning qolgan 4 nafari ham og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida qolmoqda.







