Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari eʼlon qilindi
Mukofot amerikalik olimlarga nasib qildi.

2024-yilgi Nobel mukofotining tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha sovrindorlari nomi maʼlum bo‘ldi.
Ular — amerikalik olimlar Viktor Ambroz va Gari Ruvkun! Ushbu tadqiqotchilar mikro RNKlarni kashf etgani va ularning gen ekspressiyasini transkripsiyadan keyingi tartibga solishdagi rolini o‘rganishgani uchun ushbu nufuzli mukofotga ega bo‘ldi.
Bu haqida ushbu mukofotni topshiruvchi Stokgolmdagi Qirollik Karolinska tibbiy-jarrohlik instituti tomonidan maʼlum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Nobel mukofoti miqdori 11 million shved kronasini (taxminan 900 ming yevro) tashkil etadi. U tibbiyot bo‘yicha jami 114 marta o‘z sovrindorlariga berilgan va 2023 yilgacha 227 nafar g‘olib aniqlangan.







