Iqtisodiyot

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 41 milliard dollardan oshdi

Markaziy bank zaxiralari ketma-ket uch oydan beri o‘smoqda.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 41 milliard dollardan oshdi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari sentyabr oyida 1,98 milliard dollarga oshib, 41,139 milliard dollarga yetdi. Bu haqida Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarda so‘z boradi.

 

Markaziy bank zaxiralari ketma-ket uch oydan beri o‘smoqda — iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda 1,75 milliard dollarga, sentyabrda esa 1,98 milliard dollarga oshgan. Bu 2013 yildan beri yuritiladigan statistik maʼlumotlarning butun davri uchun navbatdagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

 

Shuningdek, o‘tgan oyda xorijiy valyuta zaxiralari 518,3 million dollarga oshgan — 8,19 milliarddan 8,709 milliard dollargacha. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi o‘zgarishsiz qolmoqda — 12 million troya unsiyasi (367 tonna). Oltin zaxiralari qiymati 1,46 milliard dollarga oshib, 30,4 milliard dollardan rekord darajadagi 31,86 milliard dollarga yetgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Nyu-York Comex birjasi maʼlumotlariga ko‘ra, oltin narxi 12 sentyabrm kungi savdolar chog‘ida o‘zining tarixiy rekordini yangilagan va troya unsiyasi uchun 2,58 ming dollardan oshgandi. 1 sentyabr holatiga O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1,75 mlrd dollarga oshib, 39,15 mlrd dollarga yetgan edi. Bu oshish asosan oltin hisobiga ro‘y bergan edi.

 

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 41 milliard dollardan oshdi | Zamon.uz