Toshkent aeroportida yo‘lovchi vafot etgani aytildi
Holat yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, aeroportda bir ayol vafot etganligi haqidagi xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Bugun, 8 oktyabr kuni Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelgan, 1986 yilda tug‘ilgan ayolning sog‘lig‘i yomonlashgan.
Hozirda ayol shifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.







