O'zbekiston

Energetika vazirligiga murojaat qilganlarning 31 tasi quyosh paneli o‘rnatishga majburlangan

Ushbu vaziyatdan kelib chiqib vazirlik quyosh panellari bo‘yicha murojaatlarni qabul qiladigan telefon raqamlari sonini oshirdi.

Energetika vazirligiga murojaat qilganlarning 31 tasi quyosh paneli o‘rnatishga majburlangan

Bildirilishicha, 7 oktyabr kunning ikkinchi qismidan boshlab, vazir qabulxonasining +998712311441 raqamiga 8 oktyabr soat 20:30 ga qadar vazirlik qabulxonasiga jami 1232 ta qo‘ng‘iroq bo‘lgan. 

 

Ularning 131 tasiga javob berilgan. Shundan 31 ta qo‘ng‘iroq quyosh paneli o‘rnatishga majburlanayotganini aytgan fuqarolardan tushgan bo‘lib, ularning 14 tasi bu hodisa bir necha kun avval bo‘lganini bildirgan.

 

Ularning 6 nafari Energetika vazirligining “Quyosh paneliga majburlash yo‘q” nomli materialini asos qilib, bugungi kunda elektr energiyasini yoqtirib olishganini maʼlum qilgan, 8 nafar murojaatchi esa quyosh paneli qo‘yganini, bugungi kunda elektr energiyasi mavjudligini, ammo bunga majburlanganidan noroziligini aytgan.

 

17 ta qo‘ng‘iroq egasi bugungi kunda bu borada real muammoga ega ekanini maʼlum qilgan. Vazirlik ushbu murojaatlarni o‘rganib, quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektr energiyasidan uzib qo‘yilgan tadbirkorlarning elektr energiyasini ulatgan.

 

Ikki kun mobaynida Toshkentning Sergeli, Yashnobod, Yunusobod hamda Bektemir tumanlari, Sirdaryoning Boyovut, Surxondaryoning Bandixon, Farg‘onaning Buvayda, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanlaridagi bir qator tadbirkorlar elektr energiyasiga qayta ulandi.

 

Shu bois, vazirlik 9 oktyabrdan boshlab murojaatlar qo‘shimcha +99871-231-16-61 (ichki 7046, 7037 va 7057) raqamlari orqali ham qabul qilinishini bildirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.