O'zbekiston

Marburg virusi sabab O‘zbekiston chegarasida nazorat kuchaytirildi

Hozirgacha ushbu infeksiyadan Afrikada 6 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Marburg virusi sabab O‘zbekiston chegarasida nazorat kuchaytirildi

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qitʼasidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilganligini maʼlum qildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28 sentyabr holatiga Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan holat ro‘yxatga olingan va shundan 6 ta holatda o‘lim qayd etilgan.

 

JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.

 

Marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasida ham davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida faoliyat yuritayotgan Canitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.

 

Marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:

 

— Gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash;

 

— gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart ehtiyot choralarini ko‘rish, qo‘shimcha ravishda infeksiyani yuqtirishini oldini olishga qaratilgan shaxsiy himoya vositalaridan to‘liq foydalanish;

 

— gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek, ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqatda bo‘lmaslik;

 

— kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashxisoti va kasallikni oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish;

 

— kasallikni nazorat qilishda xavfsiz inyeksiya usullarini qo‘llash, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish va chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish;

 

— infeksiya bo‘yicha aholini xabardorligini oshirish maqsadida aholi orasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish kabi choralari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Marburg virusi sabab O‘zbekiston chegarasida nazorat kuchaytirildi | Zamon.uz