O'zbekiston

Prezident Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi

Davlat rahbari poytaxtni kamida 7,5 million odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantirish zarurligini taʼkidladi.

Prezident Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.

 

Bugungi kunda shahar hududi 43 ming 822 gektar, aholi soni 3 milliondan ziyod. Kelgusida bu miqyos yana-da oshib borishi tayin. Shu bois Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi loyihalashtirildi.

 

Davlatimiz rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022 yilda tanishgan edi. Unda berilgan ko‘rsatma va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirildi. “ToshkentboshplanLITI” korxonasida Singapur, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Xitoy va Niderlandiya kompaniyalari bilan hamkorlikda puxta ish olib borildi.

 

Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri hududi 3 ta zonaga ajratiladi. Konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yashil hududlar o‘zgarishsiz qoladi. Rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qo‘shimcha qurilishlar qilish mumkin bo‘ladi. Renovatsiya zonasida eskirgan uy-joy, binolar o‘rnida yangi qurilishlar va taʼmirlash amalga oshiriladi.

 

Bugungi kunda ekologiya va transport muammolari dolzarb bo‘lib bormoqda. Xususan, oxirgi o‘n yilda Toshkentdagi havo harorati o‘rtacha 1 daraja ko‘tarilgan. Baʼzi kunlarda atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalar meʼyordan ortiq bo‘lmoqda. Avtomashinalar ham kun sayin ko‘payib, yo‘l harakati qiyinlashib bormoqda.

 

Shu bois yangi bosh rejada bu masalalar inobatga olingan. Jumladan, Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytirilib, 25 ming gektarga yetkazilishi belgilanmoqda. Bu orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil maydon hozirgi 3 kvadrat metrdan 6 kvadrat metrga oshadi.

 

Shaharsozlik talabiga ko‘ra, aholi o‘z yashash joyidan eng yaqin bog‘cha, maktab, shifoxona, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarigacha ko‘pi bilan 15 daqiqada yetib bora olishi kerak. Shu bois jamoat transporti tarmog‘i kengaytirilib, bog‘lamlar va bekatlar ko‘paytiriladi. Yangi yo‘llar qurilib, metrobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.

 

So‘nggi yillardagi o‘sish natijasida Toshkentda elektr energiyasi, suv va oqova infratuzilmasi yuklama bilan ishlayapti. Bosh reja loyihasida bu quvvatlarni oshirish manbalari ham hisob-kitob qilingan.

 

Bosh reja tasdiqlangach, uning xaritalari Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida hamda Toshkent shahar hokimligi veb-saytida ochiq maʼlumot sifatida joylashtiriladi.

 

Mutasaddilar bosh rejaning shu kabi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha axborot berdi.

 

Davlat rahbari Toshkent shahrini kamida 7,5 million odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantirish zarurligini taʼkidladi. Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq va Toshkent tumanlarini poytaxt bilan yaxlit aglomeratsiya asosida rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi | Zamon.uz