Qashqadaryoda “Mercedes-Benz” avariyaga uchradi
Hodisa oqibatida 2 kishi vafot etgan.

To‘qnashuv 7 oktyabr kuni soat 14:20 atrofida G‘uzor tumani “Qoratikan” MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Haydovchi B.T. “Mercedes-Benz” rusumli avtomobilni “Chim-Qarshi” yo‘nalishida boshqarib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi Q.S. boshqaruvida bo‘lgan Labo rusumli avtomobilga urilgan.
Oqibatda Labo rusumli transport vositasida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etishgan.
Ushbu holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.







