Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Ushbu lavozimga Abror Mirzo Olimov qo‘yildi.

Shu kungacha Abror Olimov Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.
Endi uning zimmasiga xalqaro hamkorlik, valyutani tartibga solish, xalqaro zahiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatildi.
Shuningdek, u Respublika Valyuta birjasi ishini muvofiqlashtiradi.







