O'zbekiston

Raqamli dunyoda kiberxavfsizlikning ahamiyati: yechimlar, tahdidlar va hamkorlik

Toshkentda II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tdi.

Raqamli dunyoda kiberxavfsizlikning ahamiyati: yechimlar, tahdidlar va hamkorlik

Konferensiyaning asosiy maqsadi mintaqaviy kiberhamjamiyat uchun o‘zaro tajriba almashish hamda o‘zaro manfaatli asosda yangi imkoniyatlarni ochish xalqaro interaktiv platforma yaratishdan iborat. Konferensiya doirasida “Cyberkent 2.0” hamda yosh avlod uchun robototexnika musobaqalari ham o‘tkaziladi.

 

9-10 oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevrosiyo CSS 2024” II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

 

Kiberxavfsizlik markazi tomonidan tashkil qilingan tadbirda 30 dan ortiq mamlakatdan 60 ga yaqin kompaniyalar hamda 120 dan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda. Xususan, Janubiy Koreya, Ozarboyjon, Turkiya, Gruziya, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning kiberxavfsizlik sohasini tartibga soluvchi organlari va xalqaro tashkilotlar — Xalqaro elektr-aloqa ittifoqi, FIRST, SABABA ishtirok etdi.

 

“CSS-2024” kiberxavfsizlik konferensiyasining asosiy maqsadi mintaqaviy kiberhamjamiyat uchun o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy yechimlarni namoyish etish, o‘zaro manfaatli asosda yangi imkoniyatlarni ochish uchun yuqori darajadagi xalqaro interaktiv platforma yaratishdan iborat.

 

Konferensiyaning umumiy eʼtibori raqamli dunyoda kiberxavfsizlikning ahamiyati: yechimlar, tahdidlar va hamkorlik, muhim infratuzilma va biznes aktivlarini himoya qilishga qaratilgan.

 

Shuningdek, 9 oktyabr kuni konferensiya doirasida “Cyberkent 2.0” musobaqalariga ham start berildi. Unda ROBBO-FEST yosh avlod uchun tashkil qilingan robototexnika musobaqalari ham o‘tkazildi.

 

Tadbir doirasida Red team va Blue team yo‘nalishlarida kiberxavfsizlik musobaqasining final bosqichi ham bo‘lib o‘tdi.

 

Red team jamoasi — kiberxavfsizlik sohasida tashkilotning xavfsizlik holatini sinab ko‘rish va tizimlaridagi zaifliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan maxsus jamoalar hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi tashkilotning virtual infratuzilmasiga hujum qilib, zaifliklarni aniqlash va ulardan foydalanishdir.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Raqamli dunyoda kiberxavfsizlikning ahamiyati: yechimlar, tahdidlar va hamkorlik | Zamon.uz