Marg‘ilondagi zapravkada 456 mln so‘mlik gaz o‘g‘irlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

O‘tkazilgan nazorat tadbirida Marg‘ilon shahrida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi 456 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
AGTKSH elektron gaz hisoblagich konfiguratsiyasiga diametri 100,09 mm gaz quvuri o‘rniga 109,09 mm o‘rnatish yo‘li bilan qoidabuzarlik sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.







