Olimlar uyqudagi odamlar o‘rtasida aloqa o‘rnatdi
Ular tushda o‘zaro xabar almashgan.

Olimlar birinchi marta uyqu vaqtida odamlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
Nashrga ko‘ra, olimlar maxsus uskunalar yordamida uyning turli burchaklarida uxlab yotgan ikki kishining ongini bog‘lay olgan va ular o‘zaro xabar almashgan.
Tajriba ishtirokchilarining miya to‘lqinlari maʼlumotlarni serverga masofadan uzatuvchi qurilma orqali kuzatilgan. Ishtirokchilardan biri ongli uyquga ketgach, server tasodifiy so‘z yaratgan va uni quloqchinlar orqali tadqiqotning ikkinchi ishtirokchisiga yuborgan. Tajribaning ikkinchi ishtirokchisi uyg‘onganida, u so‘zni takrorlay olgan.







