O'zbekiston

Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?

Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish orqali bu tizimning yaxshi ishlashini taʼminlash mumkin.

Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?

Hozirda urf bo‘lgan terminlardan biri “detoks” bo‘lib, detoksikatsiya – bu nosog‘lom turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, atrof-muhit taʼsiri va boshqa omillar natijasida tanamizda to‘plangan toksinlarni chiqarib tashlash jarayoni. Bu — umumiy salomatligimiz va holatimiz uchun juda muhim.

 

— So‘nggi ovqat qabul qilishdan taxminan sakkiz soat o‘tgach, organizmda hazm qilish, so‘rilish jarayonlari tugaydi va tanamiz detoksikatsiya rejimiga o‘tadi, — deydi mutaxassis.

 

— Hozirda “detoks” atamasi tanani turli sharbatlar orqali tozalash bilan bog‘liq bo‘lsa-da, aslida, bu organizmimiz o‘zidagi toksinlarni chiqarib tashlash uchun ratsionimizdagi ozuqaviy moddalarni qo‘llash orqali ishga tushiradigan biologik jarayondir.

 

Tanamizda jigar, buyraklar, teri va yo‘g‘on ichak kabi ko‘plab detoksikatsiya organlari mavjud. Zamonaviy hayotning toksik yukini hisobga olgan holda samarali ishlashi kerak bo‘lgan tanani tabiiy tozalashning uchta bosqichi mavjud.

 

Birinchi bosqich. Detoksikatsiyaning bu bosqichi jigarda sodir bo‘ladi. U zararli yog‘da eriydigan molekulalarni kamroq zararli birikmalarga aylantirishga yordam beradi va ular tanadan osonroq chiqariladi.

 

Ikkinchi bosqich. U ham jigarda sodir bo‘ladi va konyugatsiya jarayonini o‘z ichiga oladi. Yaʼni moddalar suvda eruvchan va shuning uchun kamroq zararli holga keladi. Keyinchalik bu moddalar buyraklar va ichaklar orqali peshob va safro bilan chiqariladi.

 

Uchinchi bosqich. Bunda toksinlar yoki keraksiz birikmalar hujayradan detoksikatsiya organlari: ichaklar, buyraklar, o‘pkalar va teri orqali chiqarib tashlanadi.

 

Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish orqali bu tizimning yaxshi ishlashini taʼminlash mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.