15-oktyabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Respublikada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

15-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, baʼzi tumanlarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.







